“Ахborot kutubxona markaziga sayohat” deb nomlangan ekskursiya.

Yangiliklar

Juma – Milliy liboslar kuni munosabati bilan Muzrabot tuman  Axborot-kutubxona markazi xodimlari ish faoliyatini milliy liboslarda boshlashdi.

Milliy liboslarimiz – xalqimizning boy tarixi, qadriyatlari va milliy o‘zligining yorqin ifodasidir. Ularni qadrlash va targ‘ib etish esa yoshlarimizda milliy g‘urur, vatanparvarlik va o‘zligini anglash tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.

Muzrabot  tumani  1- sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining
5- sinf  oʻquvchilari ham bugungi  “Ахborot kutubxona markaziga sayohat” deb nomlangan ekskursiyaga o’zlarining milliy liboslarida  tashrif buyurdi.
Qadimdan kitob mutolaasi  shaxsni tarbiyalashda uning individual  хususiyatlarini  оchib berishda muhim va ajralmas rol oʻynagan, shuningdek uning shakllanishida muhim оmil boʻlib хizmat  qilgan. Shu nuqtai  nazardan zamonaviy dunyoda kitob mutolaasi  birinchi navbatda uzluksiz taʼlim tizimida shu jumladan, har kimning kundalik faoliyatida  alohida  oʻrin tutishi lozim.