“Yo’l yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi doirasida kitobxonlik targ’iboti

Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Yo’l yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi doirasida kitobxonlik targ’iboti o’tkazildi. Targ’ibot davomida aholi gavjum maskanlarda fuqarolarga kitob mutolaasining ahamiyati haqida ma’lumot berildi, kutubxona xizmatlari va yangi kelgan adabiyotlar tanishtirildi hamda kitob o’qishga keng targ’ib qilindi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi aholi, ayniqsa yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa qilishga bo’lgan qiziqishni […]

Batafsil

Oilaviy kitobxonlik – ezgu an’ana va ma’naviyat manbai

Muzrabot tumani Oriyat mahallasida istiqomat qiluvchi Po’latov Sadriddin va uning oila a’zolari – turmush o’rtog’i Toshpo’latova Komila, qizi Allanazarova Ezoza hamda o’g’li Allanazarov Baxtiyor kitob mutolaasini oilaviy qadriyat sifatida e’zozlab kelmoqda. Mazkur oilada kitob o’qish yaxshi an’anaga aylangan bo’lib, oila a’zolari bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, bilim va tafakkurlarini boyitish maqsadida muntazam mutolaa bilan shug’ullanadilar. Birgalikda […]

Batafsil

Oilaviy kitobxonlik – ma’naviyat va tarbiyaning mustahkam poydevori

📚 Oilaviy kitobxonlik – ma’naviyat va tarbiyaning mustahkam poydevori Muzrabot tumani Oriyat mahallasida istiqomat qiluvchi Xulqaliyev Baxrom va uning oila a’zolari – turmush o’rtog’i Raxmonqulova Saboxat, qizi Allanazarova Shaxlo hamda onaxon Raxmonqulova Ayto’lgan kitobxonlikni oilaviy an’anaga aylantirgan namunali oilalardan biridir. Ushbu oilada kitob mutolaasi nafaqat bo’sh vaqtni mazmunli o’tkazish vositasi, balki ma’naviy kamolot, bilim va […]

Batafsil

Shaffof mahallasida imkoniyati cheklangan yoshlar bilan uchrashuv hamda kitobxonlik targ‘iboti

Shaffof mahallasida imkoniyati cheklangan yoshlar bilan uchrashuv hamda kitobxonlik targ‘iboti Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Shaffof mahallasida imkoniyati cheklangan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni, ma’naviy dunyoqarashni boyitishdagi ahamiyati haqida suhbat o‘tkazildi. Ishtirokchilarga badiiy adabiyotlar tavsiya etilib, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi. Tadbirda […]

Batafsil

QR-kodli elektron kitoblar targ‘iboti davom etmoqda

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish bo‘limi mutaxassisi Y. Xoliyorova tomonidan elektron kitoblarning QR-kod joylashtirilgan logotiplari orqali targ‘ibot ishlari olib borildi. Targ‘ibot tadbiri aholi gavjum maskanlarda tashkil etilib, fuqarolarga QR-kod orqali elektron kitoblardan tez va qulay foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ishtirokchilarga mobil qurilmalar yordamida QR-kodni skaner qilish, elektron adabiyotlarni yuklab olish […]

Batafsil

Qadrli mehmon – kutubxonamizda

Bugun Muzrabot tumanining taniqli baxshisi Rasul Umirov Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markaziga yana bir bor tashrif buyurdi. Tashrif davomida baxshi kutubxona faoliyati, yangi kelgan adabiyotlar bilan tanishib, kitobxonlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi. Samimiy muloqot jarayonida milliy qadriyatlar, baxshichilik san’ati va kitob mutolaasining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida fikr almashildi. Bunday uchrashuvlar kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, […]

Batafsil

Yangi kelgan bolalar adabiyoti!

Aziz kitobsevar bolajonlar va ota-onalar! Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markaziga bir-biridan qiziqarli, rang-barang va mazmunli yangi bolalar adabiyotlari kelib tushdi. Ertaklar, sarguzasht asarlar, she’rlar hamda bilimni oshiruvchi kitoblar kichik kitobxonlarimizni kutmoqda. 📖 Marhamat, kutubxonamizga tashrif buyuring va yangi kitoblar olamiga sayohat qiling!

Batafsil

Yozning qaynoq va anomal issig‘iga qaramay, mehnatga sadoqat davom etadi!

Yoz faslining jazirama va anomal issiq kunlariga qaramasdan, Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi jamoasi yangi ish haftasini ko‘tarinki kayfiyat, yangi maqsad va ezgu rejalar bilan boshlab oldi. Jamoa kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, kitob mutolaasini keng targ‘ib qilish hamda kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish yo‘lida o‘z ishini mas’uliyat va fidoyilik bilan davom ettirmoqda. Har […]

Batafsil

“Kitob – jamiyatimiz kelajagi” mavzusida davra suhbati

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida “Bilimdon yoshlar” klubi a’zolari ishtirokida “Kitob – jamiyatimiz kelajagi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida kitobning inson kamoloti, yoshlar tarbiyasi va jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni haqida fikr almashildi. Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazishda kitobning ahamiyati xususida so‘z yuritildi. Tadbir […]

Batafsil

“Jadid adabiyoti” kitob ko‘rgazmasi

📚 “Jadid adabiyoti” kitob ko‘rgazmasi Jadid adabiyoti — millatni ilm-ma’rifat, taraqqiyot va ozodlik sari chorlagan bebaho ma’naviy merosdir. Ushbu ko‘rgazmada jadid adabiyotining yorqin namoyandalari – Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon va boshqa ma’rifatparvar adiblarning asarlari hamda ular haqidagi adabiyotlar o‘rin olgan. Barchangizni ushbu ko‘rgazmaga taklif etamiz!

Batafsil