Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Yo’l yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi doirasida kitobxonlik targ’iboti o’tkazildi.
Targ’ibot davomida aholi gavjum maskanlarda fuqarolarga kitob mutolaasining ahamiyati haqida ma’lumot berildi, kutubxona xizmatlari va yangi kelgan adabiyotlar tanishtirildi hamda kitob o’qishga keng targ’ib qilindi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi aholi, ayniqsa yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa qilishga bo’lgan qiziqishni oshirish va bo’sh vaqtni mazmunli tashkil etishga ko’maklashishdan iborat bo’ldi.
Kitob – bilim va tafakkur manbai. Keling, yo’l-yo’lakay ham kitob o’qib, ma’naviy olamimizni boyitaylik! 📖
