13-sonli MTMda “Moviy  jamadon tashrifi” loyihasi asosida ko’chma kutubxona tashkil qildi.

Yangiliklar

O’zbekiston Pespublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish” maqsadida joriy yilning 11-iyun kuni Muzrabot tuman  axborot-kutubxona markazi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati” bo’limi mutaxassisi Bobomuratova Madina tumanning “Yangi hayot”MFY. hududida joylashgan 13-sonli MTMda “Moviy  jamadon tashrifi” loyihasi asosida ko’chma kutubxona tashkil qildi. Moviy jamadon tashrifi lohiyasida bog’chadagi jajji bolajonlarga ertaklar o’qib berildi. 13-MTMdagi bolalar va tarbiyachilarga kutubxona va kitoblar to’g’risida to’liq ma’lumot berildi. “Moviy jamadon tashrifi” loyihasida 21 nafar bolajonlar ishtirok etdi.