Joriy yilning 21-27-aprel kunlari “Ozbekiston-kitobxonlar yurti” V -Respublika “Kitobxonlik haftaligi” Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida ham ko’tarinki kayfiyatda bo’lib o’tdi.
Haftalikning maqsadi kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish,ijodkorlar faoliyatini qo’llab quvbatlash tizimini samarali tashkil etish orqali faol kitobxonlar safini kengaytirish,aholi,yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish hamda kitobxonlikni keng targ’ib qilishdan iborot edi.
Shu munosabat bilan haftalik davomida Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar,tanlovlar,kitoblar taqdimoti,loyihalar va turli tadbirlar bo’lib o’tdi.
