«Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasi ostida Respublika III “Kitobxonlik haftaligi”

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 11-aprel kuni Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasi ostidagi Respublika III “Kitobxonlik haftaligi” doirasida 2 – sonli MTT tarbiyalinuvchilari o’rtasida “Mening sevimli qahramonim” nomli kitob ko‘rgazmalari va turli ertaklardan sahna ko’rinishlari namoish etishdilar.