“Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasi ostida Respublika III “Kitobxonlik haftaligi”

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 14-aprel kuni Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasi ostidagi Respublika III “Kitobxonlik haftaligi” doirasida. Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari 8-IDM maktab o’quvchi yoshlar o’tasida “Kitob – beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi” nomli davra suxbati bolib o’ti hamda Muzrabot tumani 2-maktabgacha ta’lim boxcha bolalari o’rtasida “Kitob – bilimlar xazinasi” nomli kitob ko’gazmalari va kitob mutolasini oshirishga qaratilgan ma`naviy-ma`rifiy targ‘ibot tadbiri bo’lib o’tdi.