Kitob – ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi, hamrohlik qiladi, ezgulikka yetaklaydi. Kitob o‘qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyib yetuklik sari ildamlayveradi.
Bugun Muzrabot tuman hokimligi, tuman Axborot-kutubxona markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limi hamkorligida tuman miqyosida yoshlarni rag’batlantirish, ularni o’z aql-zakovatini namoyon etishga ko’maklashishga, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ijodiy salohiyatini oshirish , kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida «Eng yaxshi kitobxon» ko’rik-tanlovi tashkil etilgan edi. Ushbu tanlovning tuman bosqichi juda ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. Ko’rik-tanlovning tuman bosqichida 1-7-8-14-19-39-53-55-8-IDUM umumta’lim maktablarining bilimli – iqtidorli kitobxon o’quvchilari ishtirok etishdi. Ko’rik-tanlovni tuman Axborot-kutubxona markazi direktori B. Xursanov ochib berib, yoshlarni kitobga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida, o’z fikr mulohazalarni bildirib kitobxon yoshlarga omad tiladi. «Eng yaxshi kitobxon» ko’rik-tanlovining tuman bosqichida birinchi o’rinni 39-maktab o’quvchisi Ch. G’ofurova va 8-maktab o’quvchisi M.Abdurahmonova, ikkinchi o’rini 19-maktab o’quvchisi F. Normatova, uchuchi o’rinni 55-maktab o’quvchisi F. Sheraliyevalar g’oliblikni qo’lga kiritdi.