Respublika Maʼrifat targʻibotchilari guruhi aʼzolari Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi Ozoda Yorova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Yodgora Ziyomuhammedova va Farida Umarovalarning bugan Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi bilan tanishuvi hamda faol kitobxonlar bilan ijodiy uchrashuvi.

Yangiliklar

Yoshlar oyligi doirasida Surxondaryo viloyatida “Mening farzandim – O‘zbekiston faxri”, “Inson qadri va mehr-saxovat”, “Kitob karvoni”, “Maʻrifat soati” kabi ma’naviy-ma’rifiy loyihalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan bugun Muzrabot tumanida «Yoshlar oyligi» munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot tadbirlari o’tkazildi.
Shunday tadbirlardan tuman Axborot-kutubxona markaziga ?Respublika Ma’rifat targʻibotchilari guruhi aʼzolari Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi Ozoda Yorova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Yodgora Ziyomuhammedova va Farida Umarova va tuman hokimligining mas’ullari tashrif buyurib, tuman Axborot-kutubxona markazida barcha yoshdagi aholi qolaversa yosh kitobxonlar uchun yaratilgan shart –sharoitlar bilan tanishib, o‘z fikr muloxazalarini bildirib o’tishdi.