Bugun Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markaziga «Shaffof»,»Yangi hayot»mahallasida yashovchi nuroniy kitobxonlarimiz tashrif buyurishdi hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan mehmonlar Mirodil Baratov, Yodgora Ziyomuhamedova ,Farida Umirova Maftuna Toʼrayeva Alisher Azimov «Kitob seni hali sen ko’rmagan dunyoga olib boradi, sen eshitmagan soʻzni aytadi «nomli davra suhbati oʻtkazildi.Davra suhbatida «Yangi hayot»mahallasida yashovchi Xamidov Dovud ham ishtirok etdi.Yosh boʻlishiga qaramasdan oʼzining erishgan bir qancha muvaffaqiyatlari haqida gapirib oʻtdi.Davra suhbatida mehmonlarimiz Axborot -kutubxona markazi haqida oʼzining iliq gaplarini aytib oʻtishdi.