Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. 1989 yilning 21 oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga – Davlat tili maqomi berildi. Shu munosabati bilan Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida kitobxon o’quvchi yoshlar o’rtasida «O‘zligimiz timsoli – ona tilim» nomli davra suhbati bo’lib o’tdi.