«Kitob-millat ko’zgusi.» Nomli Ekskursiya tashkil qilindi.

Yangiliklar

Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasi ostida tumandagi 17-umumta’lim maktab o’quvchilari o’rtasida «Kitob-millat ko’zgusi.» Nomli Ekskursiya tashkil qilindi. Ekskursiya davomida yosh kitobxonlarga kitob o’qishning ahamiyati va foydalari, kitobning inson hayotidagi beqiyos o’rni haqida gapirilib, kitobxonlarga adiblarimizning yangi kitoblari bilan kengroq tushunchalar berib o’tildi.