Xudoyberdi To‘xtaboyev – o‘zbek adabiyotining zamonaviy bolalar yozuvchisi. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi.
Bugun Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida yosh kitobxon O’quvchi yoshlari o’rtasida «Bir adib haqida suhbat» reja asosida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbati davomida Axborot-kutubxona markazi bolalar bo’limiga xizmat ko’rsatish mutaxassisi Y. Xolyorova yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboyev hayoti va ijodi haqida kitobxon yoshlarga kengroq ma’lumot berdi.
Xudoyberdi To‘xtaboyev 1932 yil 17 dekabr kuni Farg‘ona viloyatining Katta Tag‘ob tumanida dunyoga kelgan. Xudoyberdi erta yetim qolib, bobosi va buvisining qo‘lida tarbiyalanadi. 1949 yil Qo‘qon pedagogika institutini, 1955 yil Toshkent Davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetini) tamomlaydi. 1958 yil qisqa vaqt mobaynida “Yosh gvardiya”, “Sir fosh etildi”, “Sehrli qalpoqa” kabi kitoblari omma e’tiboriga havola qilindi. Xudoyberdi To‘xtaboyev ertak-qissa 1970 yilgi Butun ittifoq tanlovida eng yaxshi bolalar kitobi mukofotiga loyiq topilgan.