Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan 1992-yil 6-dekabrda Konstitutsiya loyihasi oxirgi marta muhokama etildi. Parlament deputatlari tomonidan loyiha moddama-modda muhokama qilinib, unga yana bir qator o‘zgartishlar kiritilgach, 1992-yil 8-dekabr kuni Bosh Qomusimiz qabul qilindi. Shu kundan e’tiboran, 8 dekabr – umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi yangi mustaqil jamiyatning ishonchli huquqiy kafolatlarini shakllantirdi va mustahkamladi. Shu munosbati bilan Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari va kitobxonlar o’rtasida «Konstitutsiya bosh qomusimiz» mavzusda davra suhbti bo’lib o’tdi. Davra suhbatida TAKM xodimi Esanova Mahliyo onstitutsiyammizga kiritilgan o’zgarishlar haqda qisqacha ma’lumot berib otdi.v