Yangi O’zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati barpo etish va inson parvar demakratik huquqiy davlat qurish yo’lida keng ko’lamli islohatlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohatlardan ko’zlangan maqsad inson qadrini ulug’lash uning huquq va ma’nfaatlarini ta’minlash va ularni ijtimoiy himoya qilishdir. “Inson huquqlari ” loyihasi doirasida Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tumandagi Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Muzrabot tuman bo’linmasi xodimlari o’rtasida “Inson huquqlari davlat himoyasida” mavzusida targ’ibot ishlari olib borildi.