Yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.Kitobga oshno kishidan hech vaqt yomonlik chiqmaydi. Farzandlarimizga kitob o’qishni targ’ib etishimiz emas, balki ularga o’rnak bo’lishimiz lozim. Bugun Axborot-kutubxona markazimiz xodimi S.Xulkaliyeva «Kitobxon ona-kitobxon bola» shiori ostida «Kitob-hayot ko’zgusi» nomli kitob targ’ibotini o’tgazdi. Targ’ibotda o’quvchi yoshlar o’zlariga kerakli adabiyotlar bilan tanishishdi va qiziqqan savollariga javob olishdi.
