«Mutolaa dunyoqarashni kengaytiradi.»

Yangiliklar

2024.12.03.Hazrat Navoiy ta’kidlaganlaridek, kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbaidir. Shuning uchun ham ertangi kuni yorqin kelishidan umidvor millat kitobga muhabbatni, uni qadrlash va mutolaaga bo‘lgan ishtiyoqni aslo so‘ndirmaydi. Shu munosabati bilan Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi hodimlari tumandagi 44-umumta’lim maktabida bo’lishdi. Oʻquvchilar va ota onalar yig’ilishi paytida «Mutolaa dunyoqarashni kengaytiradi.» mavzusida targ’ibot ishlari olib borildi.