Yoshi ulug’larning tilidan»Bunday zamonlar qachon bo’lgan edi…»,degan alohida bir mamnuniyat va shukronalik bilan aytilgan gaplarni tez-tez eshitib turamiz. Axir ularning ko’pchiligi har ikki asrdagi zamonlarni ko’rishgan, og’ir va mashaqqatli davrlarni boshdan kechirishga. Shu bois keksa avlod vakillarida har ikki davrni taqqoslay oladigan hayot saboqlari, bilim va tajriba bor. Bu taqqoslash ularni o’z-o’zidan bir xulosaga-shukronalikga yetaklayveradi. Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-extirom ko’rsatish xalqimizga xos ezgu fazilatlardir. Nuroniylarga har tomonlama hurmat va ehtirom ko’rsatish barchamiz uchun farzdir. O’zbek xalqi azaldan kitobxon millat xisoblanadi. Axborot-kutubxonamizning faol kitobxonlari orasida nuroniy otaxonlarning borligi ko’zni quvontiradi albatta.
«Kitob umr yo’llarini yorituvchi so’nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodatdir, insonga har qanday vaziyatda ham hamroh bo’luvchi sodiq do’stdir…»-deydilar Yangiboyev Abdurahmon bobo. Ularning «Ziyo maskani»ga tashrif buyurib kitob mutolaa qilishlari ko’zni quvontiradi va o’z o’rnida bugungi kun yoshlariga o’rnak bo’ladi.
Mangu saboq bizga yo orzu havas,
Donishmand bobolar anglab yetgan sir.
Haq so’zdan yaralsa kitob muqaddas,
Tig’ bilan toshlarni o’yishga arzir.