Kitob – inson umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘lguvchi sodiq do‘st. Insonning ruhiy-ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitobchalik kuchli qudratga esa vosita yo‘qdir. Shu boisdan, azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o‘qishga, undan ilmu odob sirlarini o‘rganishga chorlab kelishgan. Tarbiyaning barcha mezon va unsurlari, avvalo, oilada shakllantirilganidek, kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashda ham oilaning o‘rni nihoyatda kattadir. Kitob dunyosiga oshufta, adabiy olamga hamnafas, badiiyatdan bahramand qalb egasi o‘zidagi bu tuyg‘u va fazilatlarni atrofidagilarga, ayniqsa, oilasiga ham yuqtirishi, singdirishi ehtimoli yuqori. Shu munosabati bilan Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi bilan hamkorlikda «Men muallifman» Ko’rik-tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi. Unda tuman maktab o’quvchi yoshlari o’rtasida belashildi. Unda I-o‘rinni 2 maktab 8-sinf o’quvchisi Egamberdiyeva Bahtiniso va 19-maktab 8-sinf o’quvchisi Jonpo’latov Yo’ldosh, II-o‘rinni 12-maktab 9-sinf o‘quvchisi Umidullaeva Shabboda , III-o‘rinni 8-maktab -sinf o‘quvchisi Timurova Bahorlar g‘olib dеb topildi. “Men muallifman” ko‘rik-tanlovida quydagi nominatsiyalar bo‘yicha: “Eng yaxshi Vatan haqida yozilgan she’r muallifi” 36-maktabning -sinf o‘quvchisi Chorshanbiyeva Shoxsanam. “Bolalikni ochib bergan she’r” 47-maktabning -sinf o‘quvchisi Boyto’rayeva Jasmina.. “Ona haqida aytilgan eng ta’sirli she’r” 26- maktabning sinf o‘quvchisi Normurodova Ozodalar qo‘lga kiritdi.