2024-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi tomonidan Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida buyuk o‘zbek shoiri Navoiyga bag‘ishlab «Navoiy vorislari» ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi(1-sektor bo’yicha).
Ishtirokchilar eng ko‘p g‘azal yod olish, g‘azalni bexato va ifodali o‘qish, g‘azal matnining nasriy bayonini yarata olish, undagi so‘zlar mazmun-mohiyatini izohlab berish kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bahs olib borishdi.
Tanlovda birinchi o‘rinni 2-maktab o’quvchisi Nurimaxmatova Faraxnoz qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘ringa 51-maktab o’quvchisi Boltayeva Farangiz, uchinchi o‘ringa esa 47-maktab O’ralova Sabina sazovor bo‘ldi.. Ko‘rik-tanlov davomida ishtirokchilarning ulug‘ shoir g‘azallaridan kamida 70 tasini yod olgani va ularning nasriy bayonini taqdim eta olish qobiliyatiga e’tibor qaratildi va shijoatli yoshlar kashf etildi.
Alisher Navoiy ijodini targ‘ib etishga qaratilgan tanlovdan asosiy maqsad.
Navoiy ijodini xalq mulkiga aylantirish g‘oyasi Xalq ta’limi tizimidan boshlandi.
Navoiyning insonparvarlik g‘oyalari bilan yoshlar qurollantirildi.
Navoiy ijodi orqali o‘zbek tili va adabiyotining nufuzini yuksaltirishga erishildi.
Navoiy ijodi orqali yoshlarning yozma va og‘zaki nutqi shakllantirildi.
Navoiy ijodini turli xorijiy tillarda o‘rganishga erishildi.
Navoiy ijodiga qiziquvchi nafaqat o‘quvchilar, balki o‘qituvchilarning faol jamoasi aniqlandi va ustoz-shogird an’anasi yo‘lga qo‘yildi.
Har bir hududda Navoiy ijodini 50 tadan 100 tagacha yod olgan, uning ma’nosini sharhlab, tahlil etib beradigan yosh avlod vakillari kashf etildi.
Navoiyning nafaqat g‘azallarini, balki yaxlit asarlarini to‘liq yod biladigan yoshlar aniqlandi.