«Sohibqiron Amir Temur bobomizga munosib avlod bolaylik»

Yangiliklar

2024-yil 8-aprel kuni Muzrabot tuman Axborot–kutubxona markazida 9 aprel – Amir Temur tavalludining 688-yil to‘lishi munosabati bilan «Sohibqiron Amir Temur bobomizga munosib avlod bolaylik» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tumandagi 2-umumtta’lim maktabi o’quvchi yoshlari o’rtasida bo’lib o’tdi. Tadbir davomida, Buyuk sarkarda Amir Temurning hayoti, siyosiy va ijtimoiy faoliyati, temuriylar davri davlatchiligi, boshqaruv tizimi, davlat tizimini mustahkamlash va boshqarishdagi tartib-intizom, qonunchilik va sud-huquq masalalari, fan, ta’lim va madaniyat, savdo-sotiq va hunarmandchilikni rivojlanishi, mamlakat himoyasini ta’minlash borasida amalga oshirgan ishlar, umuman o‘zbek milliy davlatchiligi taraqqiyotida temuriylar davrining o‘ziga xos xususiyatlari va ahamiyati haqida batafsil tushuncha berildi. Shu bilan birgalikda ixtidorli yoshlarimaiz tamonidan o’zlarini yod olgan she’r va qo’shiqlari bilan tadbirni ko’tarinki ruhda o’tkazishdi. Tadbir so’ngida tadbir qatnashchilarga estalik sovg’alar bilan taqdirlandi.