?»Oltin zanglamas»
✍️ Shuhrat
? XX asrning oltmishinchi yillaridan boshlab o‘zbek adabiyoti yangi davrga qadam qo‘ydi. Bu davrga kelib shaxsga sig’inish illatlarining qoralanishi adabiyot ahli ijodiga nisbiy erkinlik ato etdi. Ijodkorlarimiz o‘z asarlarida badiiylikka, qahramon ruhiyati qirralarini haqqoniy tasvirlashga harakat qila boshladilar. Bundan ham muhimi, urushdan keyingi qatag‘on siyosatining qurbonlari bo’lgan ziyolilar, adib va shoirlar ozodlikka chiqdilar. Ularning ijodkorlik maqomi tiklanib, ijod bilan shug‘ullanish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ana shunday iste’dodli adiblarimizdan biri Shuhrat edi. Shuhrat ham ko‘plab tutqunlar qatori erkinlikka chiqqach «Oltin zanglamas», «Shinelli yillar» asarlarini yaratdi. Katta mehnat evaziga tayyorlangan «Oltin zanglamas» romani kitobxonlarga adib ijodining mukammal namunasi bilan tanishish imkoniyatini beradi.
