2024. 23-aprel kuni Mamlakatimizda yosh avlod o’rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ta’lim muassasalarida badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop va tarbiyaviy ahamiyatga ega adabiyotlar bilan ta’minlash, yoshlarda kitobsevarlik ruhini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu munosabati bilan Muzrabot tuman Axboroot-kutubxona markazida Muzrabot tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi bilan hamkorlikda o’tkazilgan, Respublikamiz bo‘ylab IV Respublika “Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tadbirimizning ikkinchi kunida «Eng yaxshi kitobxon» ko’rik tanlovining 1-sektor bosqichi bo’lib o’tdi. Unda tumandagi 2-maktab 15-maktab 25-maktab 42-maktab 51-maktab 52-maktab o’quvchilari qatnashdi. Ko’rik-tanlov ikki shart bo’yicha bellashdilar, 1-shart tanishtiruv 2-shart savol-javob asosida bellashildi. Ushbu ko‘rik-tanlov orqali o‘quvchi yoshlarni bilimi va kitobga bo’lgan qiziqishini bilib olish mumkin bo’ldi. Ko’rik-tanlov yakunida Muzrabot TAKM mutaxassislari tamonidan munosib baholanib borildi. 1-o’rini 2-maktab o’quvchisi Egamberdiyeva Baxtigul, 2-o’rini 51-maktab o’quvchisi Zafarov Zufar, 3-o’rini 42-maktab o’quvchisi Abdunazarova Shahnoza, g’oliblikni qo’lga kiritdilar. Tadbir ko‘taringki ruhda bo’lib o’tdi.