
Kitob mutolaasiga havas avvalo, oiladan boshlanishi, ota-onalar farzand-larida kitob o’qishga mehr uyg’otishi uchun o’zlari kitobxon bo’lishlari lozim Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-401-son qarorning 3-ilova 36-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida. Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi hodimlari “Yangi hayot” mahallasi xonadonlarida bo’lishib. “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan “Ona mutolaa qilsa, bola kitobxon boʻladi.” mavzusida kitobxonlik muhiti, kitoblarni inson kamolotida tutgan o`rni mavzularida davra suhbati o`tkazildi. Eng sara asarlar targ`iboti o`tkazildi.
