9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xalqimizning ezgu fazilatlari yanada yorqin namoyon bo’ladi. Ikkinchi jahon urushi dahshatlarining guvohi bo’lgan kishilar tobora kamayib bormoqda.
Yoshlikning navqiron chog’larini urush olovlarida, janggohlarda o’tkazib, bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun kurashgan insonlar jasorati beqiyosdir.
Shu o’rinda Ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, og’ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham o’zligini yo’qotmagan, imoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko’rsatish tom ma’noda milliy qadriyatga aylandi.
Shu munosabati bilan Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi hodimlari va kitobxonlar o’rtasida «Xotira muqaddas inson qadri aziz» mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Unda AKM mutaxassisi To’raqulova Roziya tamonidan so‘zga chiqib inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘ ekanligi, o‘tganlarni, ularni xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilat ekanligi haqida gapirib o’tdi.