Xotira – muqaddas va aziz tuyg‘u. Xotirlash bu har bir insonning yaqinlarini qadrlash, bu olamdan o‘tib ketgan insonlarni eslash va ularning xaqqiga duo qilishdir. Xalqimizda “Qadr etgan qadr topadi”, degan naql bor. Haqiqatdan ham, inson o‘zgalarga samimiyatda bo‘lib, hurmat-ehtirom ko‘rsatsa, o‘zi ham atrofdagilarning shunday munosabatiga sazovor bo‘ladi.
Joriy yilning 7-may kuni Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari va 3-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachi va tarbiyalanuvchilari hamkorligida «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan Ona haykal poyiga gulchambarlar qo’yishdi.Kelajagimiz vorislari bo`lmish bu yosh avlod ajdodlari – erk va ozodligimiz uchun jangu jadallar olib borgan bobolarni xotirlab yodga olishdi. Shunday tinch va osoyishta kunlarni qadriga yetib, Vatanimiz uchun munosib farzand bo`lib yetishishi zarurligi tushuntirildi.