G’afur G’ulom tavalludining 121-yilligi

Yangiliklar

G‘afur G‘ulom — O‘zbekistonning taniqli yozuvchisi. G‘ofur G‘ulomning she’riyati va nasrida o‘zbek xalqi tarixi o‘zining badiiy timsolini topgan. Yozuvchining ijodi rang-barang — she’rlar, qo‘shiqlar, dostonlar, qasidalar, hikoyalar, qissalar. G‘ofur G‘ulomning urushdan keyingi davrdagi ijodi o‘zbek adabiyoti rivojida beqiyos o‘rin tutgan.

G‘afur G‘ulom, shuningdek, Pushkin, Lermontov, Griboyedov, Mayakovskiy, Nozim Hikmet, Rustaveli, Nizomiy, Shekspir, Dante, Bomarshe va boshqalarning asarlarini o‘zbek tiliga mohirona tarjimasi bilan mashhur.

Bugun Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi abonoment va goydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish bo’limi tomonidan G’ofur G’ulom tavalludining 121 yilligi munosabati bilan keng kitobxonlar ommasiga “El sevgan adib” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmada adibning eng sara kitoblari va adibning hayot yo’li to’g’risida ma’lumotlar joy olgan.