“Inson huquqlari – oliy qadriyat.”

Yangiliklar

Inson huquqlari – bu insonning tug‘ilishidan to vafot etguniga qadar butun umri davomida unga hamrohlik qiladigan huquq va erkinliklardir. Ushbu universal huquqlar millati, jinsi, irqi yoki etnik kelib chiqishi, rangi, dini, tili yoki boshqa huquqiy maqomidan qat’i nazar, hech qanday kamsitishlarsiz barcha uchun xosdir. Inson huquqlari yashash huquqi kabi eng asosiy huquqlardan tortib, munosib turmush tarzini ta’minlashga xizmat qiladigan ta’lim olish, mehnat qilish yoki ijtimoiy ta’minot olish kabi huquqlariga qadar barcha huquqlarni qamrab oladi.

Shu munosabati bilan Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida hodimlari o’rtasida “Inson huquqlari – oliy qadriyat.” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Unda e’tiborni inson huquqlari boʻyicha huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratildi.