«Kitob o’qimagan millatning kelajagi yo’q»
Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va mukaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobta muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan
2022-2026 yillarda mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasining «Inson qadrini uluglash va faol mahalla yili»amalgam oshirish ga oid davlat dasturini ijrosi yuzasidan Nazorat Rejasining 72- maqsadi : Aholiga axborot – kutubxona xizmatini ko’ rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda Kitobsevar millat umumilliy goyasini ro’yobga chiqarishning 264-265 bandlari bo’ yicha joriy yilning 4-iyun kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumanning Ko’p tarmoqli kattalar poliklinikasiga bo’lishib, «,Kitob o’qimagan millatning kelajagi yo’q» nomli davra suhbati hamda yangi kelgan adabiyotlar bilan tanishtirildi.