Tavsiya etamiz

Yangiliklar

Daholar siyosiy maqsadlar  uchun yashamaydilar. Shu sababli Pushkin dahosi ham shovinizm kabi illatdan allaqancha yuksaklikda makon topadi. Daholar o‘z azaliy tabiatiga ko‘ra insoniy erk va milliy ozodlikka xizmat qiladilar. Pushkinning ham armoni, ideali ozodlik edi. U erkinlik va ozodlik kuychisidir. Pushkinning she’riyati har jihatdan – shaklan, ruhan va ma’nan sharq she’riyatiga yaqin. Uning ayrim to‘rtliklari teranligi, ma’nosining chuqurligi, falsafiyligi bilan bizning ruboiylarni eslatib turadi. Uning she’riyati sharq ruhi bilan chuqur sug‘orilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu kitobni mutolaa qilishni istasangiz Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markaziga taklif qilamiz.