Muborak kun

Yangiliklar

Musulmon olamida keng nishonlanadigan, barcha musulmonlar uchun xos boʻlgan bayramlardan biri bu hayit (iyd) bayrami hisoblanadi.
Bu bayram mustaqillikka erishganimizdan so’ng yurtimizda ham keng ko’lamda, umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinmoqda.
Hayit soʻzi arab tilidan kirib kelgan soʻz bo’lib, “iyd” – bayram, ma’nosini bildiradi. Islom an’anasiga koʻra ikkita hayit rasman bayram sifatida nishonlanadi: Qurbon hayiti (iyd al-kabir, iyd al-adho), Ramazon hayiti (iyd as-sig’ar, iyd al-fitr). Musulmon olamida hayit kunlari oy kalendari asosida belgilanadi. Qurbon hayiti zulhijja oyining o’ninchi kuniga toʻgʻri kelsa, Ramazon hayiti shavvol oyining birinchi kunida nishonlanadi.
Hayit bayrami – inson shaʼni va qadrining nechogʻli yuksakligini koʻrsatuvchi xayr-saxovat, mehr-muruvvat ayyomi, dillardagi gina-kuduratlar zavolga ketib, oʻrnini unsu ulfat, doʻstlik va hamjihatlik egallovchi, Hazrat Alisher Navoiy taʼrifidagi kabi soʻz va koʻz ozodaligi, til va dil pokligi bayramidir.
Hayit bayrami shukrona mavsumidir. Inson oʻziga ato etilgan neʼmatlarga shukr qilishi vojib ekani buyuk allomalar tomonidan taʼkidlangan.
Prezident Shavkat Mirziyoev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʼgʼrisida”gi qarorni imzoladi.
Qarorga koʼra, 2024 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16 iyun – yakshanbaga toʼgʼri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16 iyunь Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan bugun Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazimizda «Diniy bag’rikenglik-millatlararo totuvlik» nomli kitob ko’rgazmasi tashkil qilindi.