«Tiramoh armonlari» romanida aks ettirilgan davr oʼtgan asrning 60-yillaridan to shu kecha-kunduzgacha boʼlgan voqealarni qamrab oladi. Yozuvchi bu asarida bir qishloqning ziyoli oilasi taqdirini aks ettirish orqali zamonning dolzarb voqea-hodisalariga oʼzining xolis bahosini berishga harakat qiladi.
Oilaning ikki farzandi Kamol va Jamol bosib oʼtgan hayot yoʼli quvonch-tashvishlari, ezgulik gʼalabasi uchun olib borilgan kurashning murakkabliklari jozibali tarzda hikoya qilinadi. Аyniqsa, roman bosh qahramoni Jamolning shaxs sifatida kamol topish jarayoni yorqin boʼyoqlarda tasvirlangan.
