“Atirgulga aylangan umr”

Yangiliklar

Elimizning atoqli shoirasi, bulbulzabon voiza, jamoat va davlat arbobi, katta isteʼdod sohibasi, butun ongli hayotini ijodga, yaratishga, yosh avlodni maʼnaviy komillik ruhida tarbiyalashga, jamiyatimiz poydevori boʼlgan oilalarni mustahkamlashga va boshqa shu kabi goʼzal va xayru-savobli ishlarga sarflagan, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan madaniyat xodimi Tursunoy Sodiqova hayot boʼlganlarida tabarruk 80 yoshni qarshi olgan boʼlar edi.
Tursunoy Sodiqova xotirasiga atab 21-iyun kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan “Аtirgulga aylangan umr” nomli kitob ko’rgazmasi shoiraning 80 yillik tantanalarning debochasi boʼldi.