«El arrdog’idagi adib»

Yangiliklar

Erkin A’zam asarlari o‘ziga xos yumoristik bayon uslubi, kinoyali tili, kutilmagan badiiy yechimlarga egaligi bilan ajralib turadi. Yozuvchining insonga xos eng chigal jihatlarni ochiq ko‘rsatmay, imo-ishora orqali aks ettirishi uning asarlari ta’sirchanligini oshiradi. Erkin A’zam qissa va hikoyalarida oddiy va to‘pori, boshqalarga o‘xshamaydigan, dardu tashvishlari, shaxsiy kechinmalari bilan yaqqol ajralib turadigan badiiy xarakterlarni yaratgan. Xarakterlar falsafasini yoritish, uslubiy taranglik, psixologik tahlilning kuchliligi, asar syujetining xarakterlar asosiga qurilishi, voqealar o‘rtasidagi bog‘liqlikni obrazlar, detallar orqali ifodalash, muallif va personaj nutqining yaqinligi, psixologizm va falsafiylikning mushtarakligi Erkin A’zam badiiy uslubining asosiy xususiyatlari hisoblanadi.
Joriy yilning 12-avgust kuni Muzrabot tuman Axborot-kututubxona markazida  Erkin A’zam tavalludining 74-yilligi munosabati bilan «El ardog’idagi adib» nomli kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi.