“Mahalla obod-yurt obod”

Yangiliklar

Axborot-kutubxona markaziAugust 24, 2024
Barchamizga ma’lumki 24-25 avgust kunlari butun respublikamiz bo‘ylab “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
O‘tkazilayotgan ushbu xayriya hasharda Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi jamoasi ham chetda qolmasdan uyushqoqlik bilan faol ishtirok etishdi.
Daraxtlar oqlandi, ekin maydonlari begona o‘tlardan tozalandi, kitob fondlari tartibga keltirilib, xonalar saramjon- sarishta qilindi.
Hashar-bu o‘zbekona udum, milliy urf-odatimiz.
Imkoningiz bo‘lsa, hasharda albatta qatnashing, atrofimizni obodonlashtirish, tozalash ishlarida faol bo‘ling. Kam ta’minlangan, nogironligi bor shaxslarga, ehtiyojmand oilalarga yordam qo‘lini cho‘zing, ulardan hol-ahvol so‘rang. Jamoatchilik ishlarida tomoshabin bo‘lib chetda turmang.