“Kitoblar targ’iboti”

Yangiliklar

Mamlakatimizda kitob mutolaasi va targ’iboti, kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid qator qarorlar va farmonlar qabul qilinib, yurtimizning barcha hududlarida aholi orasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, kitoblar sonini emas, kitobxonlar salmog’ini oshirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda. 2024-yil 26-avgust kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumanning Pensiya jamg’armasi tashkilotida bo’lishib  kitoblar ko‘rgazmasi hamda targ‘ibot ishlari olib borildi. Targ‘ibot davomida kitobxonlarga axborot-kutubxona markazi faoliyati, adabiyotlardan foydalanish qoidalari hamda turli sohadagi adabiyotlar to’g’risida ma’lumotlar va tavsiyalar berib o’tildi.