Jonajon Vatanimiz – O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga 33 yil to‘ldi. Istiqlol el-yurtimiz uchun o‘z taqdirining haqiqiy egasi bo‘lib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi. Ayni paytda u har bir odamning iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda iste’dod va qobiliyatini to‘la namoyon etishi, huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishining mustahkam zaminidir.
Joriy yilning 29-avgust kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida markaz xodimlari va tumanning «Shirintoy» XMTM xamkorligida mustaqilligimizning 33-yilligi munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida «Men nechun sevaman O’zbekistonni?» nomli tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish bo’limi mutaxassisi N.Nazarova ochib berib barchani bugungi shodiyona bilan qutladi. Shundan so’ng bolajonlarni she’r,kuy va qo’shiqlari davraga yanada fayz bag’ishladi. Tadbir so’ngida ishtirokchilarga esdalik sovg’alari va tashakkurnomalar taqdim etildi.