2024-yil 4-sentyabr kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markaziga “Baby good” XMTM tarbiyachi va tarbiyalanuvchilari “Kitobim-Oftobim” mavzusida ekskursiyaga tashrif buyurdilar. Dastavval ishtirokchilarga kutubxona faoliyati haqida tushuntirishlar berildi va u yerdagi yaratilgan sharoitlar haqida tanishtirildi. Ekskursiya davomida yoshlarning intellektual va ijodiy qobilyatlarini yuzaga chiqarib, yanada kamol toptirish uchun zarur bo‘lgan barcha qulayliklar yaratilganligiga guvohi bo‘lganliklarini bildirishdi va kutubxonaga a’zo bo’ldilar.

