«Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz»

Yangiliklar

Mamlakatimizda kitob mutolaasi va targ’iboti, kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid qator qarorlar va farmonlar qabul qilinib, yurtimizning barcha hududlarida aholi orasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, kitoblar sonini emas, kitobxonlar salmog’ini oshirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
Insoniyat yaratgan eng ulug‘ mo‘jiza bu – kitob. Kitob orqali tarixni, qadim madaniyatni bildik, bilimimiz, dunyoqarashimiz shakllandi. Bugungi kunga kelib esa taraqqiyotni kitobsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan reja asosida yangi kelgan adabiyotlarni «Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz» loyihasi asosida tumandagi aholi ortasida «Bir asar tarixi » mavzusida yangi adabiyotlar targ’iboti otkazildi.