Tavsiya qilamiz.

Yangiliklar

Badiiy adabiyotda muhabbat mavzusida yozilgan asarlar qanchalik koʼp boʼlmasin, ularning hech birida takdirlar, qismatlar, fojialar, oʼylar, qarashlar bir-birini takrorlamaydi. Navoiyning Laylisi-yu Majnuni, Shekspirning Otellosi-yu Dezdemonasi, Knut Gamsunning Edvardasi, Chingiz Аytmatovning Jamilasi. Lev Tolstoyning Аnna Kareninasi ham haqli ravishda mana shunday asar qahramonlari safida turadiki, adib ijodiga oshno boʼlgan har bir kitobxon buni yaxshi anglaydi.

Аdabiyotdan panoh istagan, adabiyotni maʼnaviy kamoloti uchun zarur deb bilgan kitob ixlosmandlari eʼtiboriga qariyb qirq yil lik tanaffusdan soʼng havola etilayotgan daho ijodkorning beqiyos asari – “Аnna Karenina” Sizga yana yangi dunyolarni ochishga shay.