Xonatlas – o‘ziga xos va betakror ranglarni o‘zida jo qilgan an’anaviy o‘zbek ipak matosi. Moda sanoatida xon-atlas nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijiy dizaynerlar orasida ham sevimlidir. Milliy qadriyatimiz bo‘lmish xonatlas qadimiy tarixga ega.
Azal-azaldan o‘zbek xotin-qizlarining kiyim javonini xon atlas, adraslarsiz tasavvur qilish qiyin. Uning betakror ko‘rinishi, ranglari va naqshlari ko‘rgan ko‘zni quvnatib, har qanday faslda ham bahoriy kayfiyatni baxsh etadi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2024-yil 27-avgustdagi 02-12/996-sonli hamda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasining 2024-yil 4-sentabrdagi 5/9086-sonli xati ijrosini bajarish maqsadida joriy yilning 13-sentabr kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida “Xon atlas” haftaligiga o’z hissalarini qo’shishdi.