Piyoda bo’ling- toza havodan nafas oling! O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora tadbirlari to’g’risida” 2023-yil 31-maydagi PQ -171-son qarorining 9-ilovasi hamda 2024- yilda o’tkaziladigan madaniy-ko’ngilochar va ommaviy sport tadbirlari, ommaviy-madaniy va konsert-tomosha hamda san’at va kinematografiya tadbirlarining yagona taqvimidagi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi masalalariga bag’ishlangan muhim sanalar bo’yicha o’tkaziladigan tadbirlarni tashkil etish va o’tkazishga mas’ullik jadvaliga asosan 22-sentabr “Xalqaro avtomobilsiz kuni” etib belgilangan. Shu munosabat bilan 2024-yil 18-sentabr kunidan 22- sentyabr kuniga qadar “Mashinangizni uyda qoldiring!”, “Piyoda bo’ling- toza havodan nafas oling! ” shiori ostida bo’lib o’tayotgan aksiyada Muzrabot tuman Axborot- kutubxona markazi xodimlari aksiyada faol qatnashishdi.

