«Kitob orqali dunyoni kashf qilamiz'»

Yangiliklar

Mutolaa shaxsning barkamol inson bo‘lib yetishishi va  o‘z faoliyati bilan jamiyat taraqqiyotini ta’minlash, ma’naviy foyda olishga yo‘naltiradi. Ko‘rinib turibdiki, jamiyat hayotida, ayniqsa, sog‘lom fikrga ega komil insonni shakllantirishda mutolaaning o ‘rni beqiyosdir. Aynan ana shu jabhada kutubxonalarning o‘rni beqiyosdir. Yoshlarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish  maqsadida Muzrabot tuman Axborot – kutubxona markazida “Ochiq eshiklar “ kuni munosabati bilan “Kitob orqali dunyoni kashf qilamiz” mavzusida tumanning 8- umum o’rta ta’lim maktabi o’quvchi yoshlari bilan birgalikda Axborot-kutubxona markaziga sayohat bo‘lib o‘tdi. Sayohat jarayonida kutubxona mutaxassislar  tomonidan yoshlarga kitobning afzalliklari, har qanday kasbning yetuk mutaxassisi bo‘lishda limli bo‘lish haqida gapirib o‘tdilar. Kutubxona mutaxassislari tomonidan yoshlarni kutubxona hamda kutubxonaga kelgan yangi bolalar adabiyotlai bilan yaqindan tanishtirildi.