«Til- millat ko’zgusi»

Yangiliklar

Til – millat ko‘zgusi va ma’naviy boyligidir. Til bor ekan, millat barhayot! Bugun dunyoning qadimiy va go‘zal tillaridan biri sanaluvchi hamda kundan-kunga shuhrati ortib borayotgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 35 yil to‘ldi.
Joriy yilning 21-oktyabr kuni Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazida tumanimizdagi 25-sonli umumta’lim maktabi o’qituvchi va o’quvchilari hamkorligida «Til millat ko’zgusi» nomli tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda o’quvchilar o’zlari yod olagan she’rlari va kuy qo’shiqlar bilan kelgan mehmonlarga yanada ko’tarinki kayfiyat ulashdilar.Tadbirda so’zga chiqgan axborot-kutubxona markazi axborot-bibliografiya bo’limi rahbari U.Abdullayeva barchani bugungi sana bilan muborakbod etdi.Tadbir so’ngida ishtirokchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg’alar taqdim etildi.