«Turma-yugur, Tinma-tirish, Bukilma-yuksal Jadidlarning g’oyalari tirilmoqda, tarqalmoqda»

Yangiliklar

Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida «INFOLIB O’ZBEKISTON-2024» XIII milliy axborot-kutubxona haftaligi 3 – kunida «Turma-yugur, Tinma-tirish, Bukilma-yuksal Jadidlarning g’oyalari tirilmoqda,tarqalmoqda» mavzusida davra suhbati bòlib òtdi.Tadbirda jadidchilik davrlarida kutubxonalar qanday faoliyat olib borganligi, jadidchi ma’rifatparvarlar tomonidan tashkil etilgan ulkan kutubxonalar tarixi haqida ma’lumot berildi.
Bundan tashqari, jadid bobolarimiz asarlari mazmuniga tobora chuqur kirib borar ekanmiz ularda ko‘tarilgan muammolar bugungi kunda ham dolzarbligicha qolayotganini ko‘ramiz.
Prezidenetimiz aytganlaridek, “Ma’rifatparvar ajdodlarimizning merosi bugungi biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishi tabiiy”