Primqul Qodirov tavalludining 96-yilligi bag’ishlangan kitob ko’rgazmasi

Yangiliklar

Joriy yilning 24- oktyabr kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi ma’naviyat va kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida Yozuvchi, tarjimon, publitist, adabiyotshunos olim òzbek nasrining yirik namoyandalaridan biri Primqul Qodirov tavalludining 96-yilligi munosabati bilan kitob ko’rgazmasi tashkil etildi.
Xalqimizning sevimli yozuvchisi Pirimqul Qodirov­ning salmoqli romanlari, bir-biridan shirali qissa va hikoyalari kitobxonlarning sevimli asarlariga aylangani shubhasizdir. Ayniqsa, yoshlarga bag‘ishlangan “Uch ildiz” asariga ustoz Abdulla Qahhor yuksak baho bergan.