“Badiiy so’zni jonlantirgan ijodkor”

Yangiliklar

Tarixshunos,  yozuvchi, fan arbobi Pirimqul Qodirov  1928-yil 25-oktabr kuni Turkiston togʻ tizmasi etagidagi Kengkoʻl qishlogʻida choʻpon oilasida tugʻilgan. Shoir  “Yulduzli tunlar” “Uch ildiz” “Olmos kamar” ” Humoyun va Akbar” romanlari muallifidir.

Muzrabot tuman Axborot – kutubxona markazida Pirimqul Qodirovning tavallud kuni munosabati bilan “Badiiy so’zni jonlantirgan ijodkor” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida yozuvchining hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar, uning qalamiga mansub kitoblari to’g’risida so’z bordi. Suhbat so’ngida yozuvchining ” Avlodlar dovoni” asari sharhi bo’lib o’tdi.