“Kitob mening do’stimsan” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.

Yangiliklar

Kitob bilan tanishish,mutolaa qilish, insonga o`zgacha beradi.kitobxon mutolaa qilar ekan kitob bilan yaqinroq tanishadi, uning ilmiy- badiiy qimmati haqida tasavvur hosil qila boshlaydi,fikrlaydi, mutolaa madaniyati yuksaladi.
Aslida ham, kitob va kitobxonlik insonlar ong-tafakkurini teranlashtirib, qalbiga eng goʻzal ezgu niyatlarni joylaydigan, ularni yaxshiliklar olamiga yetaklaydigan maʼnaviyat sarchashmasidir. 27-noyabr Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 8-IDUMga tashrif buyurib “Kitob mening do’stimsan” nomli kitobxonlik soati o’tkazdilar. Unda yosh kitobxonlarga kitobning paydo bo’lishi, undan  qanday foydalanish kerakligi haqida ma’lumotlar berildi. O’quvchilar tengdoshlariga  o’zlari o’qigan kitoblari haqida gapirib berdilar.