25-noyabrdan boshlab Muzrabot tumanida ham “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” global kompaniyasi boshlandi. Bu tashabbus Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘tkaziladi.
Bu kompaniya ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish uchun jamiyatning barcha qatlamlari sa’y-harakatlarini birlashtirish zarurligini eslatadi.
Muzrabot tumani axborot-kutubxona markazi ushbu muhim tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida targ‘ibot ishlarini boshladi.
29-noyabr kuni Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari va “Yangi hayot” maxalla ayollari hamkorligida “Biz zo’ravonlikga qarshimiz” mavsuzsida davra suhbati bo’lib o’tdi.

