Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 2025-yil 14-yanvar kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida “Vatan himoyasi – eng oliy burch va sharaf ” nomli ko‘rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazmada, jasoratli tinchlik posbonlarimizning fidoiy mehnati, chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlashdagi mehnatlari va qahramonliklarini ulug‘lovchi asarlar, ro‘znoma va oynomalarda aks etgan maqolalar o‘rin olgan.
Bugun biz yurtimizni jasorat ko‘rsatib himoya qilayotganlarga shuningdek tinchlik davrida mamlakatimiz qurolli kuchlari safida shijoat va mas’uliyat bilan xizmat qilayotganlarga hurmat va ehtirom, minnatdorchiligimizni bildiramiz.

